11:26 / 23.04.2019
17217

Janubiy Koreyaning o‘t o‘chiruvchi vertolyoti Shimoliy Koreya hududiga o‘tib ketdi

Foto: Yonhap

Janubiy Koreyaning Shimoliy Koreya bilan chegaradosh hududda yong‘inni o‘chirishda ishtirok etayotgan o‘t o‘chiruvchi vertolyoti tasodifan qo‘shni davlat hududiga o‘tib ketdi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi

Janubiy Koreyaning o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasiga tegishli bo‘lgan vertolyot Xvachxon uyezdidagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishga jalb qilingan bo‘lgan. Vertolyot o‘t o‘chirish vaqtida Shimoliy Koreya hududiga 1,7 km kirib ketgan. Uchuvchi bir daqiqadan keyinoq xatosini anglab, tezda Janubiy Koreyaga qaytgan.

Axborot agentligining ta'kidlashicha, Janubiy Koreya voqea haqida darhol Shimoliy Koreyaga xabar bergan hamda yuz bergan hodisa atayin qilinmagani va ig‘vo xarakteriga ega emasligini ma'lum qilgan. Seulda bunday voqealar boshqa qaytarilmasligiga va'da berilgan.  

Top