10:29 / 26.04.2019
16397

Go‘sht narxi 28 000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha. Bozorlardagi narx-navo

Foto: foodnews-press

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi hududiy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning minimal-maksimal narxlari to‘g‘risida ma'lumot berdi (2019 yil 23 aprel holatiga 1 kg. so‘mda).

Qayd etilishicha, mol go‘shtining eng qimmati Toshkent shahridagi «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori»da - 45 ming so‘m. Eng arzoni Nukus («Nukus dehqon bozori»)da - bir kilogrammi 28 ming so‘m. 

Qo‘y go‘shtining eng qimmati Andijon shahridagi «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Termiz shahridagi «Termiz shahar oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Toshkent shahridagi «Mirobod dehqon bozori»da - 45 ming so‘m. Eng arzoni Toshkent shahridagi «Mirobod dehqon bozori»da (30 ming so‘m).

Kartoshkaning eng qimmati Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», Guliston shahridagi «Guliston dehqon bozori»da (5000 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori»da (1200 so‘m).

Piyozning eng qimmati Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori»da (3500 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (500 so‘m).

Sabzining eng qimmati Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori» va «Eski jo‘va dehqon bozori»da (5000 so‘m). Eng arzoni Andijon shahridagi «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Namangan shahridagi «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Farg‘ona shahridagi «Farg‘ona shahar Markaziy dehqon bozori», Toshkent shahridagi «Mirobod dehqon bozori»da (1500 so‘m).

Tuxumning eng qimmati (10 dona) Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da (8000 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi «Qo‘yliq dehqon bozori»da (3700 so‘m).

Guruchning eng qimmati Namangan shahridagi «Namangan chorsu dehqon universal bozori»da (17 500 so‘m). Eng arzoni Nukus shahridagi «Nukus dehqon bozori», Guliston shahridagi «Guliston dehqon bozori»da (5000 so‘m).

O‘simlik yog‘ining eng qimmati Samarqand shahridagi «Temiryo‘l dehqon bozori»,«Damariq dehqon bozori», Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (12 500 so‘m). Eng arzoni Toshkent shahridagi «Farhod dehqon bozori»da (7600 so‘m).

Shakarning eng qimmati Nukus shahridagi «Nukus dehqon bozori», Andijon shahridagi «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahridagi «Jizzax markaziy dehqon bozori», «Eski shahar dehqon bozori», Qarshi shahridagi «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori», Navoiy shahridagi «Saxovat bozori», Namangan shahridagi «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Samarqand shahridagi «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori», Termiz shahridagi «Termiz shahar oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Guliston shahridagi «Guliston dehqon bozori», Urganch shahridagi «Urganch markaziy dehqon bozori»da (5500 so‘m). Eng arzoni Toshkent shahridagi «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (4500 so‘m).

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal iste'mol narxlari ma'lumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan olingan.

Top