16:00 / 26.04.2019
41451

«Toshqin kent»: poytaxtdagi yog‘ingarchilik oqibatlari haqida ma'lumot berildi

Foto: Xalq so‘zi

2019 yilning aprel oyi O‘zbekistondagi eng yomg‘irli oylardan biri bo‘ldi. Kuchli yog‘ingarchilik Respublika poytaxtining turli nuqtalarida drenaj va irrigatsiya tizimining nosoz ekanini ko‘rsatdi.

Toshkent shahri favqulodda vaziyatlar boshqarmasi noqulay ob-havo va yog‘ingarchilik natijasida yuzaga kelgan noqulayliklar to‘g‘risida shikoyatlar va boshqarma tomonidan olib borilgan ishlar to‘g‘risida Kun.uz muxbiriga ma'lumot berdi.

Foto: Facebook

Ma'lumotga ko‘ra, 2019 yil 24 aprel kuni Toshkent shahri hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshqinlari hamda boshqa ko‘ngilsiz holatlarning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida Toshkent shahar hokimining 2019 yil 23 apreldagi 01-T-18-sonli shoshilinch xabarnomasi bilan mas'ul rahbarlar tarkibi tasdiqlangan. Shuningdek, ushbu xabarnoma shahar FVDT xizmatlari hamda tegishli korxona, tashkilotlarga yuborilgan va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida FVDT xizmatlari xodimlaridan iborat suv toshqinlari bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish shtabi ham tashkil etilgan.

Shtabga jami 361ta shikoyat kelib tushgan va 85ta voqea joyiga tegishli kuch va vositalar jo‘natilgan. Bu ishlarga Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarlari B. Rahmonqulov va X. Inog‘omov mas'ul bo‘lishgan.

Ushbu shtab hozir ham o‘z faoliyatini davom ettiryapti.

Yog‘ingarchilik natijasida quyidagi joylarda suv toshqinlari, suv quvurlari shikastlanishi, daraxtlar qulashi haqida murojaatlar bo‘lgan:

Yakkasaroy tumani:
Shoshli 1-tor ko‘chasi, 68-uy hududi va atrofida suv toshqini;

Badriddin Hiloliy 3-tor ko‘chasi, 102 uy yerto‘lasida suv toshqini;

Salomatina ko‘chasi, 61 uydagi suv quvurini shikastlanishi;

Askiya ko‘chasi, 3 uy hududi va atrofida suv toshqini;

«Janubiy vokzal» atrofida suv toshqini;

Bog‘idil ko‘chasi, Alvon do‘koni yaqinida daraxt yiqilishi.

Sergeli tumani:
«I.Karimov» nomidagi Xalqaro aeroporti atrofida suv toshqini;

Qumariq ko‘chasidagi 4ta xonadon hududi va atrofida suv toshqini;  

Qo‘shqo‘rg‘on ko‘chasi, 74-uy hududi va atrofida suv toshqini;

Choshtepa ko‘chasidagi avtomobil yo‘llarida suv toshqini;

O‘zgarish mavzesidagi avtomobil yo‘llarida suv toshqini;

Qo‘yliq-6 mavzesi, 7-uy atrofidagi suv toshqini;  

«Toshkent-3» aeroporti atrofidagi suv toshqini;

Mirzo Tursunzoda ko‘chasi, 56-uy yaqinida daraxt yiqilishi.

Foto: Facebook

Mirzo Ulug‘bek tumani:

Ne'mat ko‘chasi, 6-6a va 4-4a uylari hududi va atrofida suv toshqini;

Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 212, 1,2,3,4 va 2/2-sonli uylarning hududi va atrofida suv toshqini;

Kumushkon ko‘chasi, 31-uy hududi atrofida oqova quvurlari shikastlanishi;

Qibray ko‘chasi, 13-uy atrofidagi oqova quvurlari shikastlanishi va suv toshqini;

Qorabuloq ko‘chasi, 35-uy hududi atrofida oqova quvurlari shikastlanishi;

Oqqo‘rg‘on ko‘chasidagi daraxt yiqilishi;

Chingiz Aymatov ko‘chasi, 30-uy hududi va atrofida suv toshqini;

Darxontepa 2-tor ko‘chasi, 2-uy hududi va atrofida suv toshqini;

Muxammad Yusuf ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida suv toshqini;

TTZ mavzesidagi dehqon bozori yaqinidagi 1ta avtoulovning ustiga daraxt yiqilishi;

Ne'mat ko‘chasi, 11a uy hududi va atrofida suv toshqini.

Olmazor tumani:
299-sonli maktabgacha ta'lim muassasida hududi va atrofida suv toshqini;

Zarqaynar 19-berk ko‘chasidagi 8ta xonadonning hududi va atrofida suv toshqini;

Qora-Qamish ½ da joylashgan 18-uyning hududi va atrofida suv toshqini;

Usta Shirin ko‘chasi, 117-uyda joylashgan «Agregat» zavodi omborxonasida yong‘in yuzaga kelishi;

Tansiqboyev ko‘chasi, 41-uy hududi va atrofida suv toshqini;

Beruniy B1 ko‘chasi, 13A uyning hududi va atrofida suv toshqini;

Sarbon 11-tor ko‘chasi, 23-uy hududi va atrofida suv toshqini;

Sag‘bon 2-tor ko‘chasi, 133-uy hududi va atrofida suv toshqini;

Forobiy ko‘chasi, 60, 49 va 13A uylarning hududi va atrofida suv toshqini;

«Tumangazta'minot» korxonasi hududi va atrofida suv toshqini.

Sebzor dahasi, 41-uy hovlisida 1ta avtoulov ustiga daraxt yiqilishi;

Yunusobod tumani:
6-mavzeda joylashgan 1, 2 va 36-sonli uylarning pod'yezdlariga suv toshqini;

Amir Temur ko‘chasi, Yunusobod elektr podstansiyasi hududi va atrofida suv toshqini;

«Rizvon» choyxonasi atrofidagi suv toshqini;

Ts-6 mavzesidagi ichki ko‘chalarda suv toshqini;

Gulyor ko‘chasidagi ichki yo‘llarda suv toshqini;

1-sonli Bolalar klinik shifoxonasi hududi va atrofida suv toshqini;

Mirzo Ulug‘bek MFY hududidagi ko‘chalardagi suv toshqini;

Ahror Obod ko‘chasi, 4-uy hududi va atrofida suv toshqini.

Foto: Facebook / «Voditeli Tashkenta»

Yashnobod tumani:
Mavlono Riyoziy 1-tor ko‘chasi, 1-uy hududi va atrofida suv toshqini;

Botkina ko‘chasi, 1-uy hududi va atrofida suv toshqini;

Parkent ko‘chasidagi chorrahada suv toshqini;

Maxtumquli ko‘chasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lidagi suv toshqini;

Izzat ko‘chasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lidagi suv toshqini;

«Farg‘ona yo‘li savdo shoxobchasi» (Risovyy bazar) old qismida suv toshqini;

153-sonli umum ta'lim maktabi yaqinida daraxt yiqilishi;

165-sonli maktabgacha ta'lim muassasida hududi va atrofida suv toshqini;

Mirobod tumani:
Mironshoh ko‘chasi, 21-uy hududi va atrofida suv toshqini;

Istiqbol ko‘chasidagi 145-sonli umum ta'lim maktabi yaqinidagi daraxt yiqilishi;

Istiqbol ko‘chasida 5ta avtoulov ustiga daraxt yiqilishi.

Shayxontohur tumani:
Oq oltin 1-tor ko‘chasi, 36-uyning hovli (7 metr) devori yiqilishi;

Shomahmudov ko‘chasi, 132-uy hududi va atrofida suv toshqini;

Sayram ko‘chasi, 41-uy hududi va atrofida suv toshqini;

Ts-14dagi «Milliy taomlar» ovqatlanish joyi yaqinidagi daraxt yiqilishi;

Katta bog‘ ko‘chasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lidagi suv toshqini;

8 mart ko‘chasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lidagi suv toshqini;

Nurafshon ko‘chasidagi suv toshqini.

Uchtepa tumani:
Uchinchi tor ko‘chasi yaqinidagi daraxt yiqilishi oqibatida elektr simlari shikastlanishi;

Ona va bola shifoxonasi atrofidagi avtomobil yo‘llarida suv toshqini;

23-sonli oilaviy poliklinika atrofidagi avtomobil yo‘llarida suv toshqini.

Chilonzor tumani:
9-mavze 1-uy hovlisida daraxt yiqilishi;

Do‘mbirobod ko‘chasi, 3-uy hududi atrofidagi oqova quvurlar shikastlanishi;

Qatortol ko‘chasidagi avtomobil yo‘llarida suv toshqini;

Dilxush ko‘chasi, 3-uy hududi atrofidagi suv toshqini;

Katta Olim ko‘chasi, 11-uyning kirish qismida suv toshqini.

Qayd etilgan suv toshqinlari hamda boshqa ko‘ngilsiz holatlar oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish ishlariga «Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi», «Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi», Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (48 nafar shaxsiy tarkib va 8 texnika) va Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi (136 nafar shaxsiy tarkib va 20 texnika), Toshkent shahar hokimligi Qutqaruv xizmati boshqarmasi, «Suvsoz» DUK, «»Toshissiqquvvat» DUK, Obodonlashtirish bosh boshqarmasi, «Toshkent shahar issiqlik markazi», «Maxsustrans» IChB, Toshkent shahar «Elektr tarmoqlari korxonasi», «Toshshaharnur» DUK va «Yo‘l qurilish va ta'mirlash» MChJlardan jami 485 nafar shaxsiy tarkib hamda 92ta maxsus texnika jalb etilgan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda 2002 va 2009 yilning aprel oylari ham shunday yomg‘irli bo‘lgandi. Eng nam aprel oyi esa Toshkentda 1990 yilda kuzatilgan. O‘shanda bir oy davomida yoqqan yomg‘ir deyarli 3 oylik me'yorni tashkil qilgan. Yarim oylik yog‘inlar miqdori 1 kunning o‘zida yoqqan.

Oxirgi kunlarda kuzatilgan uzoq muddat davom etgan yomg‘irdan so‘ng (10 kun atrofida), ayniqsa 19 apreldan 21 aprelgacha bo‘lgan davrda, shuningdek 24 aprelda respublikamizda jala yomg‘irlari yog‘ib o‘tdi. Bugundan boshlab yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi va yaqin kunlarda bunday kuchli yomg‘irlar kutilmaydi.

Top