23:30 / 01.05.2019
5882

Britaniya bosh vaziri Tereza Mey mudofaa vazirini iste'foga jo‘natdi 

Foto: AFP 2019 / Oli Scarff

Britaniya bosh vaziri Tereza Mey mudofaa vaziri Gevin Uilyamsonni ishonchni yo‘qotgani sababli iste'foga jo‘natishga qaror qildi. Bu haqda Britaniya hukumati devonxonasi xabar qildi. 

Ta'kidlanishicha, Uilyamson milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishidagi xizmat ma'lumotining sizib chiqishidan keyin o‘z lavozimidan mahrum bo‘lgan.

Mey mudofaa vaziriga o‘zining qarori sabablari tushuntirilgan maktub jo‘natgan. 

“Bu kechadagi uchrashuvda men sizga ma'lumotning oshkor bo‘lishi uchun siz javobgar ekanligingizga ishora qiluvchi ishonchli dalillarni saqlovchi tergov bo‘yicha oxirgi ma'lumotni taqdim qildim. Bu sizib chiqishni boshqa hech qanday sabab bilan tushuntirib bo‘lmaydi”, deyilgan maktubda.

Shu bilan birga na maktubda, na devonxonaning xabarida gap qaysi ma'lumotning sizib chiqishi haqida ketayotgani aytilmagan. Bosh vazirning ta'kidlashicha, mudofaa vazirining tergov vaqtidagi xatti-harakatlari “standartlarga muvofiq kelmagan” va xavotir uyg‘otadi.

“Katta afsus bilan ma'lum qilamanki, men mudofaa vaziri va vazirlar mahkamasi a'zosi sifatida sizga boshqa to‘liq ishona olmayman. Sizdan hukumatni tark etishingizni so‘rayman”, deb yozgan Mey maktubda

Bosh vazir shu kuniyoq mudofaa vaziri lavozimiga xalqaro rivojlanish bo‘yicha vazir lavozimini egallagan Penni Mordontni tayinladi.

Top