11:02 / 01.05.2019
6229

Chilonzorda talonchilar ushlandi

Joriy yilning 27 aprel kuni noma'lum shaxslar Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi X.T.ni Toshkent shahrining Chilonzor tumani 8-dahasida kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, 3 900 AQSh dollarini olib ketganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Uchtepa tumanida yashovchi L.G. va B.B. hamda Chilonzor tumanida yashovchi V.M. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. 

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top