18:27 / 01.05.2019
15275

Londonning 1950-yillardagi betakror suratlari

O‘tgan asrning 40-yillari oxiri va 50-yillari boshlarida o‘sha vaqtda Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tgan fotograf Robert Frank muntazam ravishda Yevropaga qaytar va uning urushdan keyingi qayta tug‘ilishini muhrlardi.

1951-1952 yillar Frank uchun London belgisi ostida o‘tdi. U shahar muhiti, turli jihatlari va oldindan aytib bo‘lmas xususiyatlarini sevib qoldi. U tumanli ko‘chalarda qadam bosayotgan, an'anaviy silindr va uzun palto kiygan ingliz moliyachilari, ko‘mir yetkazuvchi ishchilar, hovlida o‘ynayotgan bolalarni suratga tushirdi. Frank poytaxtdagi qarama-qarshilikni suratga olgan. Deyarli 70 yildan keyin uning ishini ko‘zdan kechirish yanada qiziqarli tus oladi.

Mavzuga oid
Top