16:48 / 02.05.2019
41803

Dunyoning 8-mo‘jizasi: Dubaydagi betakror go‘zallikka ega bog‘

Dubay nafaqat qimmatbaho va hashamatli mehmonxonalari, balki g‘aroyib, deyarli ertakmonand arxitektura loyihalari bilan ham mashhur. Ana shundaylardan biri Mo‘jizalar bog‘i. U bir necha yil davomida kimsasiz sahroda barpo etilgani, hozir esa dunyodagi eng katta gullar bog‘iga aylangani bilan diqqatga sazovor.

Bu yerda bo‘lganlarning bari bir ovozdan u dunyoning sakkizinchi mo‘jizasi ekani, uni hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsa-da ko‘rish kerakligini aytishadi. Mazkur bog‘ bo‘ylab sayr qilish va  uning betakror go‘zalligidan bahramand bo‘lishni taklif etamiz.

Bog‘ maydoni – 6,7 gektar. Bu yerga butun dunyodan jami gullarning 50 dan ortiq turlari keltirilgan. Ulardan esa haykal, devor, piramida va minoralar quriladi.

Bog‘ning asosiy bezagi – petuniya (gullari karnaysimon manzarali o‘simlik). Ularni yorongul, koleus, hamishabahor guli va boshqalar to‘ldiradi.

Perimetri bo‘ylab bog‘ga daraxtlar ekilgan.

Bog‘ balandligi 3 metr va 800 metr uzunlikka cho‘zilgan g‘aroyib gullar devori tufayli Ginnes rekordlar kitobiga kirishga ulgurdi.

Parkda ko‘plab installyatsiyalar mavjud. Ulardan eng mashhuri – ko‘plab Yevropa shaharlarida sevilib ulgurgan soyabonlar.

Sug‘orish uchun tomchilab sug‘orish tizimidan foydalaniladi. Bu ham suvni, ham elektr quvvatini tejaydi.

Dizaynerlarning faxri – 10 metrli gulli minora. U inson va tabiat birligining ramzi.

Har yili bog‘dagi o‘simliklar soni ortmoqda. Dizaynerlar esa biror yangi narsa o‘ylab topishdan charchashmayapti.

Mazkur go‘zallikning bari – sahro markazida.

Top