01:21 / 02.05.2019
21378

Favvoralar bayramini nishonlagan kunduzgi va tungi Samarqand Kun.uz obektivida (Fotogalereya)

Har yili 1 may kuni yurtimizda favvoralar kuni keng nishonlanadi. Shu kuni ko‘pchilik oilaviy sayrga chiqib, favvoralarning osmonga qarab intilishidan zavqlanadi. Favvoralari ko‘p bo‘lgan Samarqand shahri bu kunda ayniqsa ko‘rk ochadi. Ertalabdan kechgacha yoshlar favvoralar atrofida jam bo‘lishadi.

Kun.uz fotomuxbiri favvoralar kuni Samarqandda qanday nishonlanganini kuzatib, kunduzgi va tungi shahar lavhalarini kadrga joyladi. Quyida tarixiy va so‘lim Samarqandda favvoralar kuni qanday nishonlanganini suratlarda ko‘rishingiz mumkin. Umid qilamiz, bu kadrlar sizga xush kayfiyat baxsh etadi...

Yaponiyalik bolakay...

Suv, osmon, bulut va daraxt birlashganda...
Registon fonidagi favvora...

Ilon Mask odamlarni Oyga uchirayotgan bo‘lsa, nima bo‘libdi? Mana bu havo sharining egasiga pulini bering, u sizni osmon-u falakka olib uchadi. Yuragingiz dosh bergan tepalikkacha, albatta...

Odatda kechasi Registonning chiroqlari o‘chiq bo‘ladi, lekin bugun bayram munosabati bilan lazerli shou uyushtirildi va shu bois maydon yorug‘. Kechasi 23:00 bo‘lishiga qaramay, bu yerdan odamlarning qadami arimasdi. Ayniqsa sayyohlar...
Chiroqlar o‘chirildi hamki Registonning bag‘ri odamlar bilan to‘la...

Top