14:18 / 02.05.2019
20973

Tojikiston O‘zbekistonga har kuni qancha elektr energiyasi yetkazib berayotgani ma'lum bo‘ldi

Foto: Sergey Malgavko

Tojikiston qo‘shni mamlakatlarga har kuni 11 million kVt/s elektr energiyasi eksport qilmoqda. Bu ko‘rsatkichning katta qismi qo‘shni O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Masalan, 1 mayda ushbu mamlakatga 6,2 million kVt/s elektr energiyasi yetkazib berildi, deb xabar qilmoqda Avesta.

Afg‘oniston bilan bu ko‘rsatkich 4,5 million kVt/s.ni tashkil qiladi. Shuningdek, Qirg‘izistonga 40 ming kVt/s hajmida elektr energiyasi eksport qilindi.

Hozirgi kunda ob-havo sharoiti va talabga qarab, har kuni 53-55 million kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

Avvalroq, Tojikiston bu yil Afg‘oniston va O‘zbekistonga elektr energiyasi eksportini oshirishni rejalashtirayotgani xabar berilgandi.

Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, qo‘shni mamlakatlarga qariyb 3,2 mlrd. kVt/s elektr energiyasi yetkazib berish rejalashtirilgan, ya'ni har bir mamlakatga 1,6 mlrd. kVt/s.dan.

«Barki tochik» ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili qo‘shni O‘zbekistonga 1 milliard 480 million kVt/s elektr energiyasi har bir kVt uchun 2 AQSh senti narxida eksport qilingan.

Mavzuga oid
Top