08:28 / 03.05.2019
11680

Moliya vazirligiga yo‘llangan murojaatlarning 60 foizi pensiya miqdori kamligi haqida bo‘lgan

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

Pensiya ta'minoti aholi uchun eng muhim sohalarning biridir. Bunga Moliya vazirligiga respublika bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarning aksariyat qismi tegishli ekanligidan ham guvoh bo‘lish mumkin, deb xabar bermoqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Pensiya jamg‘armasiga joriy yilning yanvar-mart oylari davomida jami 9 312 ta murojaatlar qabul qilindi. Shundan: 953 tasi Ijro etuvchi apparati, 4 014 tasi hududiy boshqarmalar, 4 341 tasi tuman (shahar) bo‘limlariga kelib tushgan. Ularning 1 866 tasi yozma, 3 673 tasi og‘zaki va 3 773 tasi elektron shakllarda.

Kelib tushgan murojaatlarning 5 546 tasi (yoki 60%) pensiya miqdori kamligi, uni oshirib berish masalasida murojaat qilgan. Undan tashqari:

• pensiya (nafaqa) tayinlash masalasida 1 104 ta (12%),
• pensiya tayinlashda ish staji hisobga olinmaganligi masalasida 806 ta (9%),
• imtiyozli pensiya tayinlash masalasida 390 ta (4%), 
• pensiya va nafaqalar to‘lovi masalasida 478 ta (5%) murojaatlar va boshqa masalalarga oid murojaatlar 802 ta (8%) kelib tushgan.

Natijada, murojaatlarning 9 165 tasi bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi, 72 tasi bo‘yicha choralar ko‘rildi, ko‘rmasdan qoldirilgan hamda anonim deb topilgan murojaatlar 32 tani tashkil qildi, 43 tasi ko‘rib chiqilmoqda.  Pensiya jamg‘armasi «Ishonch telefoni» 11-40 (Call-center) yo‘lga qo‘yilishi natijasida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkorlik bilan qabul qilish imkonini berdi. Natijada 2019 yil 3 oy davomida Call-center orqali 216 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlariga javob berilgan.

Jamg‘armaga hamda uning hududiy boshqarmalariga kelib tushgan murojaatlarni o‘rganib chiqish hamda ularni chuqur tahlil qilish asosida, pensiya ta'minoti tizimida fuqarolar uchun qulay shart-sharoit yaratish, mavjud nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha qonunchilik normalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda, deyiladi xabarda.

Top