17:16 / 03.05.2019
18416

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ro‘za tutish bilan bog‘liq savollarga javob beruvchi koll-markaz tashkil etdi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Ramazon oyida mo‘min-musulmonlarning telefon orqali yo‘llangan ro‘za tutish bilan bog‘liq barcha shar'iy masalalariga ulamolarning tun-u kun javob berish tizimi joriy etildi. Bu haqda diniy idora matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mo‘min-musulmonlar 3 maydan 3 iyunga qadar haftada yetti kun, kunda 24 soat davomida o‘zlarining ro‘za tutish bilan bog‘liq shar'iy savollariga javob olishlari mumkin (ibodat vaqtlaridan tashqari). 

Buning uchun 24 soat davomida quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin: 90 9026910, 90 9170580.

Ayollar uchun esa 93 5752832 raqami tashkil etilgan. (faqat soat 8:00 dan 18:00gacha).

Mavzuga oid
Top