18:37 / 04.05.2019
18392

Eron prezidentining ukasi qamoq jazosiga hukm qilindi 

Foto: AP Photo / Vahid Salemi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ukasi, 2017 yilda moliyaviy jinoyatlarda ayblanib hibsga olingan Husayn Fereydun qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi ISNA agentligi.

Fereydun 2017 yil 16 iyulda hibsga olingandi. Fereydun va boshqa qator shaxslarga nisbatan bir nechta surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Husayn Fereydun ma'lum bir ayblovlar bo‘yicha sud tartibida oqlandi, ammo boshqa ayblovlar bo‘yicha qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud qarori yakuniy bo‘lmagani sababli tafsilotlarni ayta olmayman", - dedi davlat xizmatchilari sud departamenti rahbari Hamid Rizo Husayniy.

Husayn Fereydun 2015 yilda Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralarda mazkur davlatning maxsus vakili bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top