22:37 / 06.05.2019
8005

Nigerda benzovoz portlashi oqibatida 55 kishi halok bo‘ldi

Niger poytaxti Niamey aeroporti yaqinida benzin tashuvchi mashina portlashi oqibatida kamida 55 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi. 

Shifokorlarning ma'lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni oshishi mumkin – ko‘plab yaralanganlar og‘ir ahvolda qolmoqda.

Qurbonlarning aksariyati benzovoz AYoQSh yonida ag‘darilgandan keyin undan oqayotgan yonilg‘ini yig‘ayotganlar bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Top