16:17 / 06.05.2019
14635

Yangiyo‘lda oshxona ishchisi bo‘lgan ayol ish boshqaruvchini pichoqlab qo‘ydi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 5 may kuni Chinoz tumani Madaniyat mahallasida yashovchi, “Sharq yulduzi” MChJga qarashli “Orom” oshxonasi ishchisi, 26 yoshli D.M. ismli ayol ish joyida o‘zaro janjal tufayli shu oshxona ish boshqaruvchisi, 30 yoshli K.U.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada K.U. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. D.M. ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid
Top