18:15 / 07.05.2019
4025

Ispaniya sohillarida 200dan ortiq muhojir qutqarib qolindi

Foto: AP Photo / Anna Surinyach

Ispaniya fuqaro gvardiyasi va qutqaruv xizmati qayiqlarda Yevropaga kelishga uringan 200dan ortiq noqonuniy muhojirni qutqarib qoldi.

Ma'lum qilinishicha, Trafalgar bo‘g‘ozi hududida to‘rtta qayiq aniqlangan. 

Qayiqlarda 205 kishi, jumladan 35 nafar voyaga yetmaganlar bo‘lgan. Ularning barchasi Alxesirasa portiga olib kelingan.

Yil boshidan buyon Ispaniyaga O‘rtayer dengizi orqali 8 mingga yaqin muhojir kelgan. 1 yanvardan 1 mayga qadar Yevropaga O‘rtayer dengizi orqali jami 16 806 kishi kirib kelgan, 410 kishi yo‘lda halok bo‘lgan, deyiladi Xalqaro migratsiya tashkiloti hisobotida.
 

Mavzuga oid
Top