15:12 / 07.05.2019
8458

Shri-Lankaning markaziy qismida jangarilarning mashg‘ulot lageri borligi aniqlandi

Foto: REUTERS / Dinuka Liyanawatte

Shri-Lanka qurolli kuchlari va politsiyaning qo‘shma reydi chog‘ida mamlakat markaziy qismida "Jamaat at-Tavhid al-Vataniya" guruhining mashg‘ulotlar lageri joylashganligi aniqlandi. Bu haqda Ada Derana nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, lagerda 38 nafar jangari, jumladan, mamlakatda sodir etilgan teraktlarni boshqarganlikda gumon qilinayotgan Zahran Hoshim tayyorgarlikdan o‘tgan. Ekstremistlar in qurgan deb taxmin qilinayotgan ikki qavatli bino Nuvara Eliya shahridagi maktablardan birining qarshisida joylashgan.

Qayd etilishicha, bino egasi va yana bir necha kishi hibsga olingan.

21 aprel kuni Shri-Lankada sakkizta portlash amalga oshirildi, mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, 260 kishi halok bo‘ldi. Teraktlar uchun javobgarlikni IShID guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Mavzu
Shri-Lankadagi fojia
21 aprel kuni Shri-Lankada davomli teraktlar ro‘y berdi va kamida 320 kishi halok bo‘ldi
Barchasi
Mavzuga oid
Top