18:52 / 09.05.2019
6164

Navoiyda faxriylarga ehtirom ko‘rsatildi

Respublikaning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Navoiy viloyatida ham 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti faxriylariga davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan alohida ehtirom ko‘rsatilmoqda. 

Bu e'zoz esa qonli janggohlarda bugungi tinch va osuda kunlarimiz uchun kurashgan nuroniylarimizning ko‘nglini xushnud etmoqda.

Navoiy viloyatida bugungi kunda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bo‘lgan 37 kishi istiqomat qilib, dorulomon kunlarga shukrona, yurtga tinchlik va qut-baraka so‘rab, hayot gashtini surmoqda. 

Viloyat hokimligi, jamoat tashkilotlari vakillari hamda harbiylar va yoshlar Nurota tumanida yashovchi urush va mehnat faxriylari xonadonida ham bo‘ldilar. Davlatimiz rahbari nomidan 7 million 500 ming so‘m miqdordagi mukofot puli hamda esdalik sovg‘alari o‘z egalariga topshirildi.

 

Top