19:50 / 09.05.2019
17585

Qozog‘istonda Facebook, Instagram, YouTube va Telegram bloklanmoqda

Foto: TASS

Qozog‘istonda Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari, YouTube videoservisi va Telegram messenjeriga kirib bo‘lmayapti, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi. 

Xalqaro nohukumat tashkiloti NetBlocks o‘tkazgan texnik monitoringga ko‘ra, 9 may kuni Qozog‘istonda internet-provayderlar Facebook, Instagram, YouTube va Telegram’ni bloklab qo‘yishgan. 

Ta'kidlanishicha, Twitter va WhatsApp uzilishlarsiz ishlamoqda, Telegram esa messenjerning mobil va kompyuter versiyalariga yoqiq qolishga imkon beruvchi senzuraga qarshi choralarni qo‘llamoqda.

Oxirgi oylar Qozog‘istonda rasmiy Ostonaning tanqidchisi, ommaviy namoyishlarga chaqirgan Muxtor Ablyazovni jonli efirda chiqishini cheklash maqsadida vaqti-vaqti bilan ijtimoiy tarmoqlarga kirish bloklangan.

Shuningdek, 9 may kuni ertalabdan Qozog‘iston hududidan bir qator OAV saytlari –rus.azattyq.org, exclusive.kz, vlast.kz, holanews.kz kirib bo‘lmagan. Shuningdek, bir qator hududiy nashrlar, jumladan “Ak jayyk” va “Uralskaya nedelya” nashrlari saytlari bloklangan.

Avvalroq Qozog‘iston bosh prokuraturasi fuqarolarni “noqonuniy namoyishlarga” chiqmaslikka chaqirgan va bunday namoyishlar ishtirokchilari javobgarlikka tortilishlaridan ogohlantirgan. Bu murojaat Qozog‘iston sudi tomonidan taqiqlangan “Qozog‘istonning demokratik tanlovi” harakatining mamlakatning bir qator shaharlari, jumladan poytaxt Nur-Sulton va Olmaotada 9 may kuni namoyishlar o‘tkazish rejalaridan keyin qilingan. 

Guvohlarning xabar berishicha, faollar ogohlantirishlarga qaramay 9 may kuni ko‘chalarga chiqishgan, Olmaota va Nur-Sultonda bir necha fuqaro ushlangan.

Top