12:06 / 09.05.2019
4339

Sayxunobodda nosoz gaz plitasi yong‘inga sabab bo‘ldi

2019 yil 8 may kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani Yangi asr ko‘chasida yashovchi A.N. uyi oshxonasida gaz plitasini yoqish maqsadida gugurt chaqqan vaqtida gaz plitasidan sizib chiqqan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida oshxonaning tom qismi yonib zarar ko‘rgan hamda A.N. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, xonadoningizda tabiiy gazdan foydalanganda gaz plitalari va shu kabi gaz texnikalarining soz holda ekanligiga alohida e'tibor qarating. Zero, e'tibor – xavfsizlik va xotirjamlik garovidir”, - deyiladi IIV xabarida.

Mavzuga oid
Top