02:59 / 10.05.2019
17891

Yevropa ligasi finalida ham APL klublari. "Arsenal" "Valensiya"ni yengdi, "Chelsi" penaltilar seriyasida "Ayntraxt"dan ustun keldi

Foto: REX

Yevropa ligasi yarimfinal javob o‘yinlari o‘tkazildi. 

Safardagi o‘yinda 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan "Valensiya" o‘z maydonida "Arsenal"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 2:4 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi. 

Ikki o‘yinda ham g‘alaba qozongan "Arsenal" Yevropa ligasi finaliga chiqdi. 

Yana bir APL vakili "Chelsi" esa o‘z maydonida "Ayntraxt"ni qabul qildi. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda finalchi nomi aniq bo‘lmagach, jamoalar penaltilar seriyasida kuch sinashdi va unda mezbonlar aniqroq harakat qilib, 4:3 hisobida g‘alaba qozonishdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Ma'lumot uchun, joriy mavsum Yevropa ligasi finali 29 may kuni Bokuda bo‘lib o‘tadi. 

Valensiya Ispaniya – Arsenal Angliya 2:4

Gollar: 1:0 – 11 Gameyro, 1:1 – 17 Obameyang, 1:2 – 50 Lyakazett, 2:2 – 58 Gameyro, 2:3 – 69 Obameyang, 2:4 – 88 Obameyang.
Ilk uchrashuv: 1:3

Chelsi - Ayntraxt - 1:1 (4:3 - pen.)

Gollar: 1:0 – 28 Loftus-Chik, 1:1 – 49 Yovich.
Ilk uchrashuv: 1:1

Top