20:09 / 11.05.2019
29732

Nursulton Nazarboyev Alisher Usmonovga “Do‘stlik” ordenini topshirdi

Foto: akorda.kz

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev USM Holdings muassisi, tadbirkor Alisher Usmonovga “Do‘stlik” ordenini topshirdi, deb xabar berdi Oqo‘rda matbuot xizmati.

RBK nashrining ma'lumot berishicha, Usmonov 1-darajali «Dostik» ordeni bilan 2018 yil dekabrda, o‘sha paytdagi prezident Nazarboyevning farmoni bilan mukofotlangan. Ammo ordenni topshirish marosimi olti oydan so‘ng o‘tkazildi.

Foto: akorda.kz

Bu Usmonovning Qozog‘iston davlat mukofoti bilan birinchi marta mukofotlanishi emas. U 2011 yilda 2-darajali «Dostik» ordeni bilan mukofotlangan. O‘sha yili Usmonovga Janubiy Osetiya Faxri ordeni ham topshirilgan. Usmonov shuningdek, «El-yurt hurmati» (O‘zbekiston, 2018 yil) va «Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» ordenlari (Italiya, 2016 yil) bilan mukofotlangan.

Top