14:49 / 14.05.2019
14198

«Barselona» «Atletiko»ga katta taklif bilan chiqdi

Foto: Getty Images

«Barselona» va «Atletiko» klublari o‘zaro futbolchi almashishga tayyorlanishmoqda, deb ma'lum qildi Don Balon.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi madridliklar jamoasidan hujumchi Antuan Grizmannni olmoqchi, uning o‘rniga esa o‘z yarimhimoyachisi Filippe Koutinoni taklif etmoqda. Xavbek mazkur transferga allaqachon rozilik bergani aytilmoqda.

Koutino bu mavsum ko‘k-anorrang libosda 53ta o‘yin o‘tkazib, 11ta gol urdi va 5ta golga assistentlik qildi. Uning «Barsa» bilan bitimi 2023 yil yozigacha mo‘ljallangan, ammo avvalroq matbuotda klub uni transferga qo‘yishga tayyorligi aytila boshlagan edi.

O‘z navbatida, Grizmann ham mazkur transferga qarshi emasligi taxmin qilinmoqda. O‘tgan oyda u «Barsa»ga o‘tishga rozi ekani haqida xabar tarqalgan edi.

7-raqam egasi bu mavsum «Atletiko»ning 47ta o‘yinida maydonga tushib, 21+10 samaradorlik ko‘rsatkichini qayd etgan.

Top