16:14 / 14.05.2019
67789

«O‘rikzor» bozori sobiq direktorining «mashhur» uy-joy kompleksi 20 foizga arzonlashdi

“O‘rikzor” dahasidagi ulgurji Karvon bozorining sobiq direktori Dmitriy Limga tegishli Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi suv bo‘yida joylashgan ko‘chmas mulk obekti auksionga qo‘yilgan edi

Dastlab, mazkur uy-joy majmuasining narxi 35 536 900 759,00 so‘m etib belgilangandi. Ushbu mashhur davlat ko‘chmas mulk obekti endilikda 20 foiz arzonlashgan narxda takroriy auksionga qo‘yildi. Demak, endi uning narxi 26 652 675 568,80 so‘m, deb yozmoqda O‘zA.

Uchtepa tumani, Sakkokiy ko‘chasi, 3-a uydagi bino va inshoot. Umumiy maydoni 4,3000 ga, inshoot maydoni 20628 kv.m.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq auksionda Dmitriy Limga tegishli bo‘lgan shaxsiy kolleksiya uchun yig‘ilgan 3 ta tarixiy (antikvar) avtoulov qo‘yilgani xabar qilingan edi:

648 483 546 so‘mlik M-103 rusumli avtomobil;

527 593 963 so‘m ko‘rsatilgan BMW 511 rusumli avtomobil; 

600 217 528 so‘m baholangan TRIUMPH rusumli avtomobil.

Mavzuga oid
Top