09:58 / 17.05.2019
8927

Lionel Messi Kataloniyaning oliy mukofoti bilan taqdirlandi

Foto: AFP

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Sent-Jordi Xochi mukofoti bilan taqdirlandi.

Muqaddas Georgiy Xochi deb ham ataluvchi sovrin Kataloniya hukumati tomonidan 1981 yilda ta'sis etilgan bo‘lib, o‘z faoliyati orqali avtonom provinsiyani tanitishga hissa qo‘shgan shaxslarga beriladi. Bu yil ushbu mukofot 28 kishi va 15ta tashkilotga topshirildi.

Messi ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan «Barselona»ning ikkinchi futbolchisi bo‘ldi. Bunga qadar 2006 yilda Yoxan Kroyff ham Sent-Jordi Xochi bilan taqdirlangan edi. Mukofot 1992 yilda klubning o‘ziga ham topshirilgan.

Top