14:45 / 18.05.2019
17706

Markaziy bank raisi: «Banklardan chet el valutasini naqd olish muammo bo‘lmasligi kerak»

Foto: Xalqaro press-klub

Xalqaro press klubda "Har bir oila – tadbirkor" davlat dasturining ijrosi yuzasidan muhokama sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Sessiyada ishtirok etayotgan Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov chet el valutasini ayirboshlashning "qora bozor" shakli xususida fikr bildirgan.

"Yo‘lga qo‘yilgan tizimga asosan banklarda chet el valutasini sotish ham, sotib olish ham muammo tug‘dirmasligi kerak. Shuningdek, valutani karta orqali olish ham, joylarda o‘rnatilgan uskunalar yordamida naqd ko‘rinishda ham olish mumkin", - deydi Markaziy bank raisi.

Top