14:30 / 19.05.2019
16648

Saakashvili Zelenskiyni Poroshenko bilan kurashishga va Rossiya bilan muzokara olib bormaslikka chaqirdi

Foto: Petr Sivkov/TASS

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan ikki tomonlama muzokaralar to‘g‘risida unutishga chaqirdi.

Saakashvili Ukrainaning "NASh" telekanaliga bergan intervyusida Moskva "shartnomaga layoqatsiz" ekanligini va u bilan "har qanday o‘yinlar va ikki tomonlama muzokaralar" hech narsa bermasligini aytdi.

Saakashvilining fikricha, Zelenskiy Pyotr Poroshenkoning revansh olishidan cho‘chishi lozim, shuning uchun unga qarshi kurashishiga to‘g‘ri keladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Poroshenko lavozimini tark etishidan oldin barcha joyga o‘z odamlarini qo‘yadi. 

Mixail Saakashvili Ukrainani barcha qarorlar "parda ortida" qabul qilinadigan "soya" davlat deb atadi. 

"Agarda Zelenskiyni parda ortiga tortishsa, uning taqdiri Viktor Yushchenkonikidan ham yomonroq bo‘ladi", - deya fikr bildirdi Saakashvili.

Top