19:00 / 22.05.2019
35992

Sud xodimini kaltaklagan sudyaga jinoiy ish ochildi

Navoiy viloyat ma'muriy ishlar bo‘yicha sudi raisi Otabek Toshevga nisbatan shu yilning fevral oyida o‘z xizmat xonasida sud xodimi Dilshod Norovni kaltaklagani fakti yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bu ma'lumotni Kun.uz’ning bir necha manbalari tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyida Otabek Toshev Navoiy viloyat ma'muriy ishlar bo‘yicha sudida texnik xodim sifatida faoliyat ko‘rsatadigan Dilshod Norovni ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida yerga yotqizib tepkilagani, jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.

Otabek Toshev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 206-moddasida (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblanmoqda. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top