08:57 / 23.05.2019
30022

Tergovchi 27 500 dollar pora taklif qilishayotgani haqida viloyat prokuroriga xabar berdi

Foto: Thinkstock/Fotobank.ru

Andijon viloyati, Paxtaobod tuman prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishi yuzasidan fuqaro I.I. (1970 y.t.) jinoyat ishining o‘ziga oid qismini ijobiy hal qilib berishi uchun jami 27.500 AQSh dollari taklif qilib, shundan 7.500 AQSh dollarini naqd shaklda hamda “J.S.K.” AJ hududidagi bozor narxi 20.000 AQSh dollariga teng bo‘lgan savdo do‘konini tergovchi aytgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni aytib pora taklif qilgan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovchisi viloyat prokurori nomiga fuqaro I.I. unga pora taklif qilayotganligi to‘g‘risida bildirgi bilan murojaat qilgan.

Fuqaro I.I. 21.05.2019 yilda tergovchiga kelishilgan 27.500 AQSh dollaridan 3.000 AQSh dollarini bergan hamda “J.S.K.” AJ hududidagi bozor narxi 20.000 AQSh dollariga teng bo‘lgan savdo do‘konini rasmiylashtirib berish uchun tergovchidan pasport nusxani olayotgan vaqtida viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan I.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top