19:56 / 25.05.2019
60326

Samarqand shahriga yangi hokim tasdiqlandi

Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Shu vaqtgacha Samarqand shahar prokurori vazifasida ishlab kelgan Oblaqulov Boburmirzo Salomovich Samarqand shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Bu haqda sessiyada qatnashgan Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Boburmirzo Oblaqulov 1972 yil Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan bo‘lib, Samarqand shahar prokurorligidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Samarqand viloyat prokuraturasida faoliyat ko‘rsatgan, Past Darg‘om, Oqdaryo tumanlarida prokuror lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrining oldingi hokimi Furqat Rahimov 23 may  kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Top