16:57 / 27.05.2019
2783

Nukusda bolalar kardioxirurgiya markazini tashkil etish taklif qilinmoqda

Foto: makan.uz

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Nukus shahrida bolalar kardioxirurgiya markazini tashkil etish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda bolalar tug‘ma yurak porogi ko‘p uchramoqda. Hozirda ushbu jarrohlik amaliyotini Nukus shahrida amalga oshirishning imkoni yo‘q. Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun katta sarf-xarajatlar qilib, Toshkent shahriga yoki boshqa chet davlatlarga borishga to‘g‘ri kelmoqda. Agar borishning iloji bo‘lmasa, chet eldan professor-shifokorlarning O‘zbekistonga kelishini kutishga majbur bo‘linmoqda. Bu esa ko‘p vaqtni talab etadi.

“Amaldagi holat va imkoniyatlarni inobatga olgan holda, Nukus shahrida bolalar yurak jarrohlik (kardioxirurgiya) amaliyotlarini olib borish imkoniyatini beruvchi Bolalar kardioxirurgiya markazini tashkil etishni taklif qilamiz”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Top