08:00 / 27.05.2019
11220

Surxondaryoda yana bir yirik sement zavodiga tamal toshi quyildi

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani Ko‘hitang qishlog‘ida Janubiy Koreyaning NCG Engineerring Co. Ltd. kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilayotgan yirik sement zavodiga ilk tamal toshi quyildi.

Shu munosabat bilan uyushtirilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov hamda NCG Engineerring Co. Ltd. kompaniyasi bosh direktori Jang Il Kveon ishtirok etdi.

Loyiha qiymati 170 million dollar bo‘lgan zavod ishga tushgach, yiliga 1 million tonna sifatli portland sement ishlab chiqariladi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati 

Korxona mahsulotlari ichki bozor talablarini to‘ldirish bilan birga xorijga ham eksport qilinadi. Korxonada 400dan ortiq mahalliy aholining bandligi ta'minlanadi. 

Nafaqat Surxondaryo viloyati, balki, mamlakat iqtisodiyotida alohida o‘rin tutadigan ushbu yirik sement zavodi 2021 yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan.

Top