13:43 / 28.05.2019
11059

Andijonda tanishini 885 400 000 so‘m va 38 400 dollarga «uxlatgan» shaxs bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Illyustrativ foto

2019 yil 24 may kuni Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga hujjatlar tushgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, 2018 yilning fevral oyidan noyabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Sultonjo‘ra MFYda yashovchi A.Q. Farobiy ko‘chasida yashovchi, tanishi B.I.ning uyida, unga elektron auksionda sotuvga qo‘yilgan yengil, maxsus texnika vositalari hamda ko‘chmas mulklarni arzon narxda olib berishini aytib, aldov yo‘li bilan undan jami 885 400 000 so‘m puli va 38 400 AQSh dollarini olib, va'dasini bajarmagan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top