10:10 / 28.05.2019
23023

Toshkentda Frank-Valter Shtaynmayyerni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer 27 may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatga keldi.

Toshkentda Germaniya prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayyer shohsupaga ko‘tarildilar. Har ikki davlat madhiyasi yangradi.

Tashrif doirasidagi asosiy tadbirlar bugun, 28 may kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Tor va keng doiradagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni, shuningdek, O‘zbekiston – Yevropa ittifoqi shakli doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokamasi kutilmoqda.

Shuningdek, Germaniya prezidenti ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashishi va boshqa tadbirlarda qatnashishi rejalashtirilgan.

Frank-Valter Shtaynmayyer 29 may kuni Xorazm viloyatida bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top