18:23 / 29.05.2019
16666

Irrigatsiya institutining Qarshi filiali tashkil etildi 

Hukumat qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta'minlash Filialning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Filialda o‘quv jarayoni 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Shuningdek, qaror bilan Filial huzurida akademik litsey tashkil etildi.

Qarshi agrobiznes va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji – Filialga, Qovchin qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji binosi akademik litseyga berildi. 

Mazkur kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar Filial va akademik litsey binolarida o‘qishni davom ettiradilar.

Filial va akademik litsey onlayn ma'ruza hamda masofaviy ta'lim uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilma bilan ta'minlanadi, shuningdek, ularni yuqori tezlikdagi internet hamda elektron ta'lim milliy tarmog‘iga ulash choralari ko‘riladi.

Top