17:06 / 30.05.2019
21125

"Tolibon" Afg‘oniston hududidan Rossiya va qo‘shni davlatlarga qarshi foydalanilmasligini bildirdi

Foto: REUTERS

Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Qobulov bilan uchrashuvda toliblar delegatsiyasi Afg‘oniston hududidan Rossiya va qo‘shni davlatlarga qarshi foydalanilmasligini tasdiqladi.

Bu haqda "Tolibon" harakatining Qatardagi siyosiy ofisi rasmiy vakili Muhammad Suhayl Shahin ma'lum qildi.

"Qobulov bilan yaxshi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Afg‘oniston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar muhokama qilindi. Biz Qobulovga Afg‘oniston yeridan Rossiya va qo‘shni davlatlarga qarshi foydalanilmasligini tasdiqladik", - dedi u.

"Biz butun mintaqaga ijobiy ta'sir ko‘rsatuvchi tinchlik o‘rnatilishi uchun birgalikda ishlashimiz kerak", - deb qo‘shib qo‘ydi "Tolibon" vakili.

Top