13:32 / 31.05.2019
6227

Andijon IIB patrul-post xizmati xodimlarini taqdirlash marosimida ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi

Andijon IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasida namunali xodimlarni taqdirlash tadbiri o‘tkazildi. Marosimda jinoyatchilik va huquqbuzarlik profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash borasida samarali faoliyat yuritib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh xodimlar pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i M. Nishonov bugungi ichki ishlar xodimi qanday sifatlarga ega bo‘lishi, xodimlar tomonidan joriy yilning to‘rt oyi davomida olib borilgan ishlar haqida so‘zladi. 

Mukofotlashda xodimlarning ota-onalari, yaqinlari, soha faxriylari ishtirok etishdi.

Elmurod Ermatov, Andijon

Top