23:43 / 01.06.2019
10039

AQSh Kiyevga NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqchi maqomini bermoqchi

Amerika kongressi vakillar palatasiga Kiyevga AQShning NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqchisi maqomini berish imkoniyatini nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritildi. Bu haqda Ukrainaning Vashingtondagi elchixonasi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu maqom Kiyev Shimoliy Atlantika alyansiga kirguniga qadar amalda bo‘ladi.

Aytilishicha, qonun loyihasi Ukraina qurolli kuchlariga tanklarga, kemalarga va havo hujumiga qarshi qurollarni berish hamda mudofaa vositalarini sotish, “Rossiya tajovuzi”dan himoya qilish uchun Kiyev kiberxavfsizligini mustahkamlashni ko‘zda tutadi.

Bundan tashqari, AQSh Kiyevni Kerch bo‘g‘ozidagi voqea va Donbassdagi nizo masalalari bo‘yicha qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.

Top