07:41 / 02.06.2019
7462

Himoloy tog‘larida 8 alpinist yo‘qolib qoldi

Foto: commons.wikimedia.org

Himoloy tog‘larida Sharqiy Nanda Devi cho‘qqisiga ko‘tarilish vaqtida yo‘qolib qolgan 8 alpinist qidirilmoqda. Ushbu cho‘qqi Hindistondagi eng baland (7400 metrga yaqin) va murakkab cho‘qqilaridan biri hisoblanadi. Bu haqda 1 iyunda CNN telekanali xabar berdi

Ta'kidlanishicha, gap alpinistlar xalqaro guruhi haqida ketmoqda. Cho‘qqiga ko‘tarilishda hammasi bo‘lib 12 alpinist ishtirok etgan, ular 13 may kuni cho‘qqiga ko‘tarilishni boshlashgan.

12 kun o‘tib, 25 may kuni 4 alpinist tayanch lagerga qaytib kelgan. Rejaga ko‘ra, butun guruh bazaga 26 mayda qaytishi kerak bo‘lgan.

Yo‘qolib qolgan alpinistlar orasida 4 britaniyalik, 2 amerikalik, bir nafar avstraliyalik va aloqa uchun javobgar hind bo‘lgan.

Ekspeditsiyani tashkillashtirgan Himalayan Run & Trek kompaniyasi alpinistlarni bir necha kun kutgan, biroq ular qaytishmagan. Mahalliy hokimiyat alpinistlarning yo‘qolgani haqida 31 may kuni xabardor qilingan. 

Mavzuga oid
Top