17:00 / 02.06.2019
5018

Jazoirda nomzod yo‘qligi bois prezidentlik saylovi qoldirildi

Foto: Foto: Toufik Doudou / AP

Jazoir konstitutsion sudi 4 iyulda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida qatnashish uchun hujjat topshirgan har ikki nomzodni ro‘yxatga olishni rad etdi. Shu tarzda, belgilangan muddatda saylov o‘tkazishning imkoni yo‘q, deyiladi konstitutsion sud bayonotida.

Bayonotda bildirilishicha, mamlakat prezidenti qaytadan saylov komissiyasini chaqirishi lozim bo‘ladi. 

Jazoirdagi yetakchi siyosiy kuchlar boykot qilgan prezidentlik saylovlarida taniqli bo‘lmagan ikki siyosatchi Abdulhakim Xamad va Hamid Tuaxrilar oxirgi lahzada saylov komissiyasiga o‘z hujjatlarini taqdim etgandi. 

Jazoir sobiq prezidenti Abdulaziz Buteflika 2 aprel kuni mamlakatdagi ommaviy namoyishlardan so‘ng iste'foga chiqdi. Parlament yuqori palatasi  spikeri Abdulqodir Bensalax mamlakatning vaqtinchalik rahbari bo‘lib turibdi. Uning prezidentlik muddati 9 iyulda tugaydi.

Mavzuga oid
Top