21:31 / 03.06.2019
13113

Erdo‘g‘an Turkiyani insoniyatning umidi ekanligini aytdi

Turkiya insoniyat, o‘z do‘stlari umidi hisoblanadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi.

Erdo‘g‘anning aytishicha, hozirda Turkiya o‘tgan asrning 90-yillaridagi kabi zaif davlat emas. Uning ta'kidlashicha, bugungi kunda Turkiya mintaqadagi super davlatga aylangan.

“Barcha malomatlarga qaramay, davlatimiz o‘z iqtisodiyoti va demokratiya tufayli borgan sari rivojlanmoqda”, deb aytgan Erdo‘g‘an. 

Turkiya yetakchisining aytishicha, uning mamlakati ertami-kechmi terrorchilik muammosini batamom hal qiladi.

Top