17:15 / 03.06.2019
8868

Tramp Londonga Yevropa Ittifoqiga 39 mlrd funt sterling to‘lamaslikni tavsiya qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniyaga 3 iyunda boshlanadigan rasmiy tashrifi arafasida Londonga Brexit bo‘yicha Yevropa Ittifoqi bilan bitim tuzish bo‘yicha muzokaralarga YeIdan chiqish tarafdori Nayjyel Farajni yuborishni taklif qildi. Trampning fikricha, agar Bryussel taklif qiladigan kelishuv Buyuk Britaniyani qondirmasa, unda London blokdan bitimsiz chiqishi kerak. U bunday fikrni Sunday Times nashriga intervyuda bildirgan.

AQSh prezidentining fikricha, Britaniya Yevropa Ittifoqini joriy yilda tark etishi lozim. Trampning aytishicha, u britaniyaliklar o‘rnida bo‘lganda “o‘zi istagan narsasini ololmaganda, ketgan bo‘lardi”.  “Agar halol bitimni tuzishga muvaffaq bo‘lolmasangiz, siz ketasiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp.

Shuningdek, AQSh prezidenti Birlashgan Qirollik Yevropa Ittifoqidan bitim tuzilishi yoki tuzilmasligiga qaramay 31 oktyabrda chiqishi kerakligini aytayotgan, Britaniya bosh vaziri lavozimiga nomzodlarni qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlab o‘tgan. Bunday nomzodlar orasida Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonson, Brexit masalalari bo‘yicha sobiq vazir Dominik Raab va amaldagi ichki ishlar vaziri Sajid Javid bor.

Tramp London Yevropa Ittifoqi bilan kelishuv bo‘yicha Bryusselga Brexit uchun to‘lashi kerak bo‘lgan summa – 39 mlrd funt sterling (50 mlrd dollar) haqida to‘xtalib, “Ularning o‘rnida bo‘lganimda, to‘lamagan bo‘lardim. Bu juda katta qiymat”, deb aytgan.

Mavzuga oid
Top