10:45 / 04.06.2019
10480

Dehqonobodda yuk avtomobili yonib ketishi oqibatida ikki kishi shifoxonaga tushdi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 1 iyun kuni soat 20:44 da Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Istiqlol” MFY, M.Ahmedov ko‘chasida harakatlanib ketayotgan “GAZ-53” rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida Dehqonobod tumani YoXB dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yuborilgan. Bo‘linmalarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilgan. 

Yong‘in oqibatida yuk avtomobilining motor, salon va bort qismi qisman zararlangan hamda ustiga ortilgan xashagi yongan. Yuk avtomobilidagi yong‘inni o‘chirishga uringan haydovchi fuqaro R.M. va yo‘lovchi fuqaro D.X.lar kuyish tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan. 

Yong‘inning taxminiy sababi avtomobilning elektr simlarida qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Top