11:44 / 04.06.2019
14500

Toshkentda korxonaga tegishli bo‘lgan Malibu’ni sotib yuborgan shaxslar qo‘lga olindi

Foto: Dreamstime

Joriy yilning 30 yanvar kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi 36 yoshli Sh.X. va Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi 45 yoshli J.Q.lar Yakkasaroy tumanidagi restoran oldida korxonalardan biriga tegishli bo‘lgan Malibu rusumli avtomashinani fuqaro 28 yoshli S.Uga 23400 AQSh dollariga sotgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular hujjatlarni keyinroq rasmiylashtirib berilishini aytib, avtomashinani unga qoldirishgan va aldov yo‘li bilan olgan pullarini o‘zlari bilan olib ketganlar.

Shu yilning 8 fevral kuni esa yuqoridagi korxona xodimlari fuqaro S.U.ni oldiga kelib, avtomashinaning hujjatlarini ko‘rsatib, uni olib ketganlar. Sh.X. va J.Q.lar qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top