09:16 / 05.06.2019
11395

Ronaldu ustidan ochilgan jinoyat ishi tugatildi

Foto: AP Photo/Luca Bruno

Portugaliya milliy jamoasi va «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ustidan AQSh fuqarosiga nisbatan jinsiy zo‘rlash jinoyatini sodir qilgani bo‘yicha ochilgan sud jarayoni to‘xtatildi.

Bloomberg xabariga ko‘ra, o‘tgan oyda sudga tomonlarning bir-biriga hech qanday da'vosi yo‘qligi haqidagi xabarnoma kelib tushgan. Bunda tashabbusning qaysi tarafdan chiqqani yoki o‘zaro kelishuv asosida yarashib olingani haqida ma'lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil sentabr oyida Ketrin Mayorga ismli ayol futbolchini jinsiy zo‘ravonlikda ayblagan va voqeaning 2009 yil Las-Vegasda yuz berganini aytgan edi.

Mavzuga oid
Top