17:37 / 06.06.2019
11855
Reklama

“Aloqabank” homiyligida “Tomosha” bolalar musiqiy teatri ochildi 

Foto: Aloqabank

Bugungi kunda Prezidentimiz tashabbuslari bilan teatr san'atini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarga asosan “Tomosha” bolalar teatri va bosh homiy – AT “Aloqabank” orasida “Do‘stlik klubi” tuzildi. Matbuotchilar ko‘chasi, 32 uyning teatrga ajratilgan bir qismida ta'mirlash ishlari olib borildi va ochilish marosimi 1-iyun – Xalqaro bolalar kunida bo‘lib o‘tdi.

AT “Aloqabank”ning sa'y-harakatlari tufayli Osiyoda yagona bo‘lgan “Tomosha” bolalar teatr studiyasida yanada qulay shart-sharoitlar yaratildi: 377 o‘rinli tomoshabinlar zali, qulay repetitsiya xonalari, turli ko‘rgazma va tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan keng, yorug‘ teatr foyesi. 

“Tomosha” bolalar musiqiy teatr studiyasining ochilishi nafaqat yurtimiz farzandlariga ulkan sovg‘a bo‘ldi, balki 30 yil davomida fidoiy faoliyat ko‘rsatib kelgan teatr jamoasini yangi ijodiy cho‘qqilarni zabt etishga ilhomlantirdi.

Ma'lumot o‘rnida: “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi ijodining 30 yili davomida yosh iste'dodlarning bir necha avlodini voyaga yetkazdi. Ushbu kungacha teatr 4 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oluvchi butun O‘rta Osiyoda yagona teatr hisoblanib, u Gollandiya va Koreya, Germaniya va Hindiston, Fransiya va Xitoydagi xalqaro festivallarning laureati bo‘lgan. Shuningdek, “Ochiq Yevropa” nomli nufuzli festivalning eng yuksak mukofoti – “Gran-pri”ga sazovor bo‘lgan.

“Tomosha” teatr studiyasi o‘z faoliyati davomida Davlat miqyosidagi bayramlarda ishtirok etib kelmoqda. “Prezident archasi”ga tayyorlangan spektakllardan yurtimiz farzandlarining ko‘plab avlodlari estetik tarbiya olib keldi, axir “Teatr – inson qalbi tabibi”, deb bejiz aytilmagan.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top