20:34 / 07.06.2019
8125

«Rostov» Shomurodov bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi

«Rostov» klubi o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Yangi mehnat bitimiga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi 5 yil davomida rostovliklar sharafini himoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov 2017 yildan beri «Rostov» tarkibida o‘ynayapti. O‘tgan mavsumda u 26ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va 1ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Shomurodov bilan birga darvozabon Sergey Pesyakov ham «Rostov» bilan shartnomasini uzaytirdi.

Top