12:56 / 07.06.2019
10596

Vyetnamdagi yuk va yo‘lovchi tashish xizmati

Agar mahalliy yetkazish xizmatidan ko‘nglingiz to‘lmasa, Vetnamdagi holat sizga yoqmasligi aniq. Mamlakatda harakatlanish asosan skuter va mopedlar yordamida amalga oshiriladi. Yuk tashish bilan ham faqat ikki g‘ildirakli transportlar shug‘ullanadi: u xoh buvi yoki yosh bola, xoh fermadan savdo nuqtasiga yetkazilishi lozim tuxum bo‘lsin. 

Foto: Emma Taggart

Hech bir Yevropa shahri ko‘chalardagi mopedlar soni bo‘yicha Osiyodagi shaharlar bilan bellasha olmaydi. Xanoy ham bundan mustasno emas. Vetnam poytaxtida 7,5 milliondan ortiq kishi yashaydi. Raqamlar haqida diqqat bilan o‘ylab ko‘ring-a: shaharda 5 millionta moped va skuterlar ro‘yxatga olingan. Ya'ni har bir yoshi katta odam kamida bitta harakatlanish vositasiga ega.

Foto: Emma Taggart
Foto: Emma Taggart

Ko‘plab fotomuxbirlar yoki fotosurat ixlosmandlarini Xanoy ko‘chalaridagi manzara hayratga soladi. Ular harakatlanish vositalari zich to‘plangan joylar, yuqori zichlikni yengib, turli yuklarni tashiyotgan haydovchilarni e'tibordan chetda qoldirolmaydilar. Ular o‘ta katta hajmdagi yuk bilan nafaqat o‘zlariga o‘xshash yuk tashuvchilar orasida, balki shaharning tor ko‘chalarida ham muvozanatni saqlay olishadi. Tovar doim butun holda yetkaziladi, aks holda haydovchi uchma-uch kun ko‘rish uchungina yetadigan ish haqidan ham mahrum bo‘ladi.

Yo‘ldagi harakat juda tirband, har bir yuk tashuvchi o‘ziga xos. Masalan, mana bu nafaqaxo‘r zo‘rg‘a nafas olayotgan mopedda ichiga tillarang baliqlar solingan va suv to‘ldirilgan shaffof polietilen xaltalarni tashimoqda.

Foto: Emma Taggart
Foto: Emma Taggart
Foto: Emma Taggart

Manavi yigit esa katta to‘plar uyumini mohirona chaqqonlik bilan yetkazmoqda. Ikki g‘ildirakli transport yordamida Vetnamda meva va gullar, gilamlar, suv to‘ldirilgan o‘ramlar, hatto katta texnika anjomlari va kichik yoshdagi bolalar ham tashiladi.

Bu suratlar 10 yildan keyin tarixga aylanishi mumkin. Mamlakatda moped va mototsikllardan voz kechish rejalashtirilgan. Chunki ular juda ko‘p noqulayliklar tug‘diradi, yo‘l harakatini nazorat qilib bo‘lmas oqimga aylantiradi, oxir-oqibat benzinda yurgani uchun shahar havosini ifloslantiradi.

Foto: Emma Taggart
Foto: Emma Taggart

Vetnam hukumati 2030 yilga kelib Xanoydan skuter, moped va bayklarni butunlay olib tashlash qarorini qabul qildi. Yalpi islohot o‘tkazish mopedlar harakatini taqiqlab, ularni avtobus (80 foiz), taksi, shaxsiy avtoulovlar  va velosiped kabi transport vositalariga almashtirishni ko‘zda tutadi.

Top