19:56 / 08.06.2019
11161

Assanjning Britaniya qamoqxonasida olingan videoyozuvi paydo bo‘ldi

Ruptly agentligi Buyuk Britaniyaning Belmarsh qamoqxonasida saqlanayotgan WikiLeaks asoschisi Julian Assanj tasvirlangan videoyozuvni e'lon qildi.

Lavhada jurnalistning boshqa mahbuslar bilan suhbatlashayotgani aks etgan. Shuningdek, kameralardan birining ichidagi holat ham tasvirlangan.

Ushbu lavha Assanjning kameradoshlaridan biri tomonidan suratga olingan.  

May oyi oxirlarida Assanjning advokati uning juda ozib ketgani va deyarli gapira olmay qolganini ma'lum qilgandi. U qamoqxonaning kasalxonasiga o‘tkazilgan.

Julian Assanj 11 aprelda Ekvadorning Londondagi elchixonasi binosida Britaniya politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan. U bu yerda yetti yildan buyon yashab kelayotgandi.

Top