15:40 / 09.06.2019
8372

Chirchiqdagi mashg‘ulotlarda shartli dushman havodan tushirilgan maxsus kuchlar tomonidan yo‘q qilindi

Chirchiq dala-o‘quv maydonida Mudofaa vazirligining maxsus bo‘linmalari hamda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari hamkorligida shartli dushmanni yo‘q qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

«Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi qo‘qqisdan hujumga o‘tgan shartli dushmanni tezkorlik bilan yakson etishga qaratildi. Dastlab yalanglik orqali hujumga o‘tgan shartli dushman vertolyotlar orqali hududga keltirilgan maxsus bo‘linmalar tomonidan qurshovga olindi va ularning oldinga harakatlanishiga to‘sqinlik qilindi.

Quruqlik orqali maxsus operatsiya kuchlari yengil zirhli texnikalarda ham yetib kelib, qisqa muddat ichida «dushman»ni yer tishlatdi. Shartli dushman yakson etilgach, desantchilar hududni minalardan tozalash, shartli jarohat olganlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliyotga kirishib, belgilangan vazifani muvaffaqiyatli bajardi», deyiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida.

 

Mavzuga oid
Top