16:10 / 10.06.2019
41060

Bahovuddin Naqshband ziyoratgohidagi shirkka sabab bo‘lib qolayotgan qurigan daraxt joyidan olindi

Buxoro viloyatining Kogon tumanida joylashgan «Xo‘ja Bahouddin Naqshband» ziyoratgohidagi qurigan daraxt olib tashlandi. «Xabar.uz» xabariga ko‘ra, tut daraxti qoldiqlari avval turgan joydan olinib, muzey ixtiyoriga topshirilgan.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning joriy yil 7 may kunidagi «Daraxt va tosh kabilarni muqaddas deb bilishning shirkligi to‘g‘risida»gi fatvosiga asosan ushbu qurigan tut daraxti ziyoratgoh hududidan olinib, Bahovuddin Naqshband majmuasidagi muzeyga taqdim qilindi.

Azon.uz manbasi xabariga ko‘ra, ziyoratchilarning shirk amallar qilishlariga sababchi bo‘lib qolayotgan ushbu eski daraxt 9 iyun kuni noma'lum shaxs tomonidan yoqib yuborilgan.

Ziyoratgoh majmuasi rahbari Abdulg‘ofur domlaning ma'lum qilishicha, daraxt rostdan ham kecha noma'lum shaxs tomonidan yoqib yuborilgan, lekin daraxtning qolgan qismi avval turgan joydan olinib, majmua qoshidagi muzey ixtiyoriga topshirilgan.

Top